Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada qamalgan 459 qirg‘izistonlik ekstradisiya qilinishidan bosh tortdi. Nega?

Rossiyada qamalgan 459 qirg‘izistonlik ekstradisiya qilinishidan bosh tortdi. Nega?

Rossiya qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan 459 nafar qirg‘izistonlik vataniga ekstradisiya qilinishdan bosh tortdi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Almaz Imangaziyev migrasiya masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatida aytib o‘tdi.

Almaz Imangaziyevning so‘zlariga ko‘ra, bunga turli sabablar bor.

“Birinchidan, bu yashash sharoiti bilan bog‘liq. Ya’ni ular sharoitdan mamnun. Ikkinchidan, ular ozodlikdan mahrum qilish joylarida mehnat faoliyatini amalga oshirib, maosh oladi”, deya tushuntirgan Imangaziyev.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili Rossiyadan Qirg‘izistondagi qamoqxonalarga 33 nafar fuqaro ko‘chirilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mingdan ortiq qirg‘izistonlik Rossiyadagi yopiq muassasalarda saqlanmoqda.

Shuningdek, Rossiyadagi “Vagner” xususiy kompaniyasi urushga mahkumlarni jalb qilayotgani, ular orasida Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar ham borligi aniqlangan.

Kiritildi: 14:53 28.05.2023. O'qildi: 3315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!