Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yana bir guruh bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yana bir guruh bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qaytarish ishlari davom etmoqda.

Bugun, 17 oktyabr kuni Ichki ishlar va Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari Toshkent shahar xalqaro aeroportida yana 4 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosini kutib olishdi.

Ular Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi Moskva shahri Bosh boshqarmasining Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari tomonidan «MDH ishtirokchi davlatlarining voyaga yetmaganlarni doimiy yashash joyiga qaytarish masalalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim» doirasida vataniga qaytarilgan.

Joriy yilda jami 100 nafar yurtimizning voyaga yetmagan fuqarosi qaytarilib, ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirildi.

Xorijda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarni qaytarish va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 14:34 18.10.2024. O'qildi: 710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!