Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyada musulmonlar uchun ko‘pxotinlikka ruxsat berildi

Rossiyada musulmonlar uchun ko‘pxotinlikka ruxsat berildi

Rossiya Federasiyasi Ulamolar Kengashi er barcha xotinlarga adolatli va teng munosabatda bo‘lishi sharti bilan Rossiya musulmonlariga to‘rttagacha diniy nikohga kirishga ruxsat berdi.

Bu haqda Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov ma’lum qildi.

«Erkakning bir vaqtning o‘zida ikkinchi, uchinchi yoki hatto to‘rtinchi diniy nikohga kirishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Agar turmush o‘rtog‘i sog‘lig‘i, reproduktiv yoshning tugashi yoki boshqa ob’ektiv sabablarga ko‘ra, masalan, turmush o‘rtog‘ining jinsiy nomuvofiqligi tufayli farzand ko‘rishga qodir bo‘lmasa, bunga ruxsat beriladi. Turmush o‘rtog‘ining farzand ko‘rishni istamasligi ham hisobga olinadi», — dedi u.

Bunda er barcha xotinlarga teng moddiy yordam ko‘rsatishi, belgilangan tartibda ular bilan teng vaqt o‘tkazishi va har birini alohida turar joy bilan ta’minlashi shart. Agar bu shartlar bajarilmasa, ikkinchi nikohga ruxsat berilmaydi.

Shuningdek, erkak xotiniga boshqa ayol bilan yangi turmush qurish niyati haqida xabar berishi kerak. Ya’ni, erkak nikohida xotini borligini yashirmasligi zarur. Agar u (ikkinchi xotini) bu haqda xabardor bo‘lmasa va bunga rozi bo‘lmasa, nikohini bekor qilishni talab qilishga haqli bo‘ladi.

Muftiyning qayd etishicha, bunday tushuntirish (fatvo) ko‘pxotinli erkaklar bilan nikohda bo‘lgan ayollarning huquqlarini mustahkamlashga yordam beradi.

Kiritildi: 13:31 20.12.2024. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!