Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada mast haydovchi ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Rossiyada mast haydovchi ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Kemerovo viloyatining Chebulinsk tumanida mast holatda bo‘lgan haydovchi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, u yerda boshqa avtomashina bilan to‘qnashib, qochib ketgan. Natijada ikki kishi vafot etgan, ish qo‘zg‘atilgan, deya xabar beradi Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, falokat bir kun oldin soat 09.00 (Toshkent vaqti bilan 07.00) da R-255 "Sibir" avtomagistralining 395-kilometrida, Chebulinsk munisipal okrugida sodir bo‘lgan.

"Nissan Sentra va VAZ-2107 to‘qnashdi. Natijada mahalliy avtomashinaning 70 yoshli haydovchisi va uning 36 yoshli yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Nissan Sentra haydovchisi voqea joyidan qochib ketdi. Gumondor hibsga olingan, u 27 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. U mast bo‘lgani tasdiqlandi", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 12:40 13.06.2021. O'qildi: 1547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!