Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini qachon kuzatiladi? Putin javob berdi

Rossiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini qachon kuzatiladi? Putin javob berdi

Rossiyada koronavirusning yangi to‘lqini oktyabrdan noyabrgacha kuzatilishi mumkin. Davlat rahbari sanitariya-epidemiologiya holati bo‘yicha yig‘ilish paytida shu haqda gapirdi.

Putin Sog‘liqni saqlash vazirligini rossiyalik va xorijiy mutaxassislar kuzda infeksiyaning yangi to‘lqini haqida ogohlantirayotgani to‘g‘risida oldindan o‘ylab ko‘rishga chaqirdi.

Avvalroq o‘sha yig‘ilishda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiya koronavirusning cho‘qqisiga yetib kelganini ma’lum qilgan edi. Putin, o‘z navbatida, Moskva va mintaqalarda yangi infeksiyalar kamroq tarqalganligini aytdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada oxirgi yetti kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalinish ilk bor 10 000 kam kam ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 85 mintaqada jami 326,448 ta koronavirus holati aniqlangan. 3249 ta o‘lim qayd etildi, 99 825 kishi tuzaldi.

Kiritildi: 19:41 22.05.2020. O'qildi: 3170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!