Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyada istalgan guruhni ekstremist deb tan olish osonlashtirildi

Rossiyada istalgan guruhni ekstremist deb tan olish osonlashtirildi

Vladimir Putin imzolagan yangi qonunga ko‘ra, endi biror tashkilot rahbari yoki a’zosi oldin ekstremizm bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan bo‘lsa, o‘sha tashkilot ham ekstremist deb e’tirof etilishi mumkin. Bundan buyon bunday qaror uchun sud hukmi talab etilmaydi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ekstremistik faoliyatga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunga va Jinoyat kodeksining 282.2-moddasiga o‘zgartirishlar kiritdi. Unga ko‘ra, biror tashkilotni ekstremist deb tan olish uchun faqat uning rahbari yoki a’zosining avvalgi faoliyati yetarli deb hisoblanadi. Ilgari bunday qaror faqat sud orqali qabul qilinishi mumkin edi.

Shuningdek, Putin ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunga ham o‘zgartirish kiritdi. Endi OAV ekstremist deb tan olingan tashkilotlar haqida axborot tarqatishi taqiqlanadi. Shu bilan birga, Rossiya Adliya vazirligi ekstremist tashkilotlarni taqiqlanganlar ro‘yxatiga mustaqil ravishda kiritish huquqiga ega bo‘ldi.

Qonun bilan VPN orqali ekstremistik kontentni izlash va unga kirish ham jinoiy javobgarlikka olib keladi. Jismoniy shaxslarga 3 mingdan 5 ming rublgacha jarima belgilangan. VPN servislari orqali reklama tarqatganlik uchun jismoniy shaxslarga 50—80 ming rubl, mansabdorlarga 80—150 ming, yuridik shaxslarga esa 200—500 ming rubl miqdorida jarima solinadi.

Bundan tashqari, Rossiya Jinoyat kodeksida VPN orqali jinoyat sodir etish ham «og‘irlashtiruvchi holat» sifatida qo‘shildi.

Kiritildi: 18:13 23.07.2025. O'qildi: 537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!