Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan, ammo ish topolmayotgan fuqarolar diqqatiga

Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan, ammo ish topolmayotgan fuqarolar diqqatiga

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi yurtdoshlarimizni Rossiya Federasiyasining salohiyatli ish beruvchilari ishtirokida joriy yil 5 avgust kuni onlayn tartibda o‘tkaziladigan mehnat yarmarkasiga taklif etadi.

Mazkur yarmarkada Rossiya Federasiyasining salohiyatli ish beruvchilari;

Qurilish sohasining payvandlash, montaj, pardozlash, g‘isht terish, beton quyish va boshqa ishlariga;

Ishlab chiqarish sohasining baliqni qayta ishlash, qandolat mahsulotlar va tikuvchilik ishlariga;

Xizmat ko‘rsatish sohasining haydovchilik, kur’erlik, yuk tashish ishlariga;

Qishloq xo‘jaligi sohasining issiqxona, sabzavotlar yetishtirish, qo‘ziqorin terish va boshqa ishlarga 2000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Yarmarkada ishtirok etib, suhbat asosida tanlab olingan fuqarolarning ish joylariga yetib olishi uchun aviachipta va hujjatlarni (patent) rasmiylashtirish xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi mumkin.

Yarmarka o‘tkaziladigan hududlar:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi, Utepova ko‘chasi r/u. Mo‘ljal: "Istiqlol bog‘i" (Kvadrat park). Murojaat uchun: (61) 222-53-32, (61) 222-53-34.

📍Andijon shahri, Amir Temir shoh ko‘chasi, 39-uy. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Andijon filiali binosi. Murojaat uchun: (95) 202-33-55.

📍Buxoro shahri, Namozgoh ko‘chasi 103-uy. Mo‘ljal: Buxoro Neft va gaz sanoati kolleji binosi.
Murojaat uchun: (99) 708-49-98, (99) 197-75-11.

📍Jizzax shahri, SH.Rashidov ko‘chasi
44-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
(Mo‘ljal: Jizzax "O‘rda bog‘i" yonida, Bouling ro‘parasida).
Murojaat uchun: (72) 223-81-59.

📍Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Xonobod ko‘chasi,
46-uy (viloyat BKM). Murojaat uchun: (75) 224-05-25, (97) 293-27-52, (97) 770-04-92.

📍Navoiy viloyati, Karmana tumani, Talqoq mahallasi. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurosi binosi. Murojaat uchun: (79) 224-11-60.

📍Namangan shahri, Nodira ko‘chasi 3-uy (Sardoba bozor, Zangori ekran yonida BKM binosida). Murojaat uchun: (69) 227-94-64, (69) 227-97-27.

📍Samarqand shahar, Narpay ko‘chasi, 7V-uy (mo‘ljal: Kimyogarlar qo‘rg‘oni). "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. Murojaat uchun: (66) 233-24-00, (66) 233-53-00.

📍Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, I.Karimov ko‘chasi 35-uy (Guliston BKM). Murojaat uchun: (67) 225-55-59.

📍Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Marjon ko‘chasi,
2-uy (Eski shahar ABKM binosi). Murojaat uchun: (76) 222-45-22.

📍Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq MFY, Qumariq shoh ko‘chasi 1-uy. Murojaat uchun: (55) 900-33-10.

📍Farg‘ona shahri, B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 4-uy (10-maktab, viloyat mehnat boshqarmasi binosida). Murojaat uchun: (73) 244-40-01.

📍Xorazm viloyati, Urganch shahri, Baynalminalchi ko‘chasi, 6-uy. Viloyat "Ishga marhamat" monomarkazi binosi. Murojaat uchun: (62) 229-19-96, (62) 224-12-35.

📍Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi 37-uy. Murojaat uchun: (71) 236-30-40.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 202-33-55 (ichki raqam 77, 88) yoki 1282 qisqa raqami.

Kiritildi: 11:50 30.07.2021. O'qildi: 2912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!