Xabarlarga ko‘ra, foydalanuvchilar ushbu saytlarga kirishda muammolar borligidan shikoyat qilishyapti.
Bu haqda Downdetector servisi ma’lumotlari guvohlik bermoqda.
Oxirgi bir soat ichida Google ishi bo‘yicha 1000 dan ortiq, GitHub bo‘yicha 590 dan ortiq va Apple bo‘yicha 50 ga yaqin shikoyat kelib tushgan.
Profilli Heraks Telegram-kanali gap texnik nosozlik emas, balki atayin bloklash haqida ketayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. "Roskomnadzor" hozircha vaziyatga izoh bermadi, deyiladi xabarlarda.