Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyada "Gazprom"ga tegishli zavodda portlash sodir bo‘ldi

Rossiyada "Gazprom"ga tegishli zavodda portlash sodir bo‘ldi

Rossiyada "Gazprom" energetika kompaniyasiga qarashli tabiiy gaz zavodida portlash sodir bo‘ldi.

Portlash Rossiyaning Yamalo-Nenets avtonom viloyatida joylashgan mamlakatning eng yirik tabiiy gaz zavodida tunda ro‘y berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, voqea tabiiy gaz quvurlarining ulanish nuqtalarida bosimning keskin oshishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga “Gazprom”ning o‘t o‘chirish xizmati xodimlari va Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalari yetib kelishgan.

Yong‘in o‘chirilganidan so‘ng, zavodning ishlab chiqarish faoliyati qayta tiklandi.

Portlash sabablari tekshirilmoqda.

Kiritildi: 21:00 16.06.2022. O'qildi: 2633 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!