Mehnat kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartishlarga ko‘ra, quyidagilarni sodir etgan fuqarolarga jamoat transporti va taksilarni boshqarishga ruxsat etilmaydi:
▪️qotillik;
▪️qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish;
▪️talonchilik yoki bosqinchilik;
▪️jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar;
▪️jamoat xavfsizligi, konstitusiyaviy tuzum asoslari va davlat xavfsizligi, tinchlik va xavfsizlik asoslariga qarshi o‘rtacha og‘irlikdagi yoki undan og‘irroq jinoyatlar.
Yangi tartib nafaqat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridan kelgan migrantlarga balki, Rossiya fuqarolariga ham tegishli.