Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyada 33 yoshli fuqaro cho‘kib ketdi

Rossiyada 33 yoshli fuqaro cho‘kib ketdi

Rossiyadagi "Prometey" dam olish maskani hududida Chuvash Respublikasi Kugesi qishlog‘ida yashovchi 33 yoshli fuqaro cho‘kib ketdi. Bu haqda "Chuvashiya" davlat teleradioeshittirish kompaniyasi xabar berdi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Chuvashiya bo‘yicha Bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, fojia 14 iyun, dushanba kuni suzish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilinmaganligi sababli yuz bergan. Mahalliy qidiruv-qutqaruv xizmati tomonidan marhumning jasadi suvdan chiqarildi.

Kiritildi: 16:50 15.06.2021. O'qildi: 1422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!