Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiya Zaporojyega zarba berdi

Rossiya Zaporojyega zarba berdi

Rossiyaning Zaporojyega hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi yaralandi, deb xabar berdi viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Ivan Fedorov telegramda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba «infratuzilma ob’ektiga» teggan, tafsilotlarni keltirmagan. Vayronagarchilik ko‘lami aniqlanmoqda, deya qo‘shimcha qildi Fedorov.

«Zaporojye. Ruslar yana zarba berdi, o‘lik va yaradorlar bor. Zo‘ravonlik kuchli harakatlar bilan to‘xtatilishi kerak. Ittifoqchilarning kuchli pozisiyasi zarur», — dedi Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak.

Rossiya Mudofaa vazirligi Zaporojega qilingan hujumga izoh bermadi.

Kiritildi: 22:12 05.11.2024. O'qildi: 1540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!