Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari telefon orqali muloqot qildi

Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari telefon orqali muloqot qildi

Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari Mixail Mishustin v Abdulla Aripov telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat hukumat rahbarlari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, sanoat kooperasiyasi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va transport infratuzilmasi sohasidagi o‘zaro aloqalarni muhokama qilishgan.
Mixail Mishustin v Abdulla Aripov O‘zbekiston va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish mavzusiga alohida e’tibor qaratgan.
Avvalroq Abdulla Aripov O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy kengashi davlatlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. O‘zbekistonning YEOII davlatlari bilan o‘zaro hamkorligi pandemiyaga qaramay jadal rivojlanmoqda.

Kiritildi: 19:55 30.11.2021. O'qildi: 1907 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!