Istanbulda erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Rossiya Federasiyasi rossiyalik harbiy xizmatchilarning ikkinchi guruhini qaytardi va buning evaziga Ukraina Qurolli kuchlarining xuddi shunday miqdordagi harbiy asirlari o‘tkazildi.
Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
"10 iyun kuni 2 iyun kuni Istanbulda erishilgan Rossiya-Ukraina kelishuvlariga muvofiq, rossiyalik harbiylarning ikkinchi guruhi Ukrainadan qaytarildi. Buning evaziga Ukraina Qurolli kuchlarining bir guruh harbiy asirlari o‘tkazildi", — deyiladi departamentda.
Rossiya Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, hozirda rossiyalik harbiylar Belarus hududida bo‘lib, ularga zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Rossiyaning barcha harbiy xizmatchilari Rossiya Federasiyasiga Rossiya Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitasiya qilish uchun yetkaziladi.