Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya va Ukraina uchrashuvlarining uchinchi raundida tinchlik shartlari muhokama qilinadi

Rossiya va Ukraina uchrashuvlarining uchinchi raundida tinchlik shartlari muhokama qilinadi

Istanbul Rossiya va Ukraina o‘rtasida 2022 yil 24 fevralda boshlangan urushni tugatish maqsadidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar maydoni bo‘lib qolmoqda. Tomonlar uchinchi raundni o‘tkazishga o‘zaro rozilik bergan.

2022 yil 29 mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning vositachiligi orqali Rossiya va Ukraina delegasiyalari Istanbuldagi Dolmabaxche majmuasi ishchi binosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazgan edi. Urush boshlangan ilk haftalarda bo‘lib o‘tgan bu uchrashuvda eng sezilarli natijalarga erishilgan.

Biroq, urushni to‘xtatish imkonini bergan natijalar G‘arb davlatlarining tashqi aralashuvi tufayli amalga oshirilmay qolgan. Endi, yangi muzokara raundida asosiy e’tibor tinchlik shartlarini belgilashga qaratilgan.

Kiritildi: 17:23 23.07.2025. O'qildi: 1021 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!