Rossiya va Livan rasmiylari AQSh hamda Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi Livan hududiga ham tatbiq etilishini talab qilmoqda.
Livan Bosh vaziri Navaf Salam va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Isroilning Bayrutga uyushtirgan qonli hujumlaridan so‘ng, sulh mintaqaviy miqyosda bo‘lishi shartligini ta’kidladi.
Moskvaning fikricha, Isroilning agressiv harakatlari endigina boshlanayotgan tinchlik muzokaralarini izdan chiqarishi mumkin.