Rossiya va KXDR o‘rtasidagi harbiy yordam to‘g‘risidagi kelishuv tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
The Korea Herald nashri tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashi evaziga Shimoliy Koreyaga yiliga 600-700 tonna guruch va askarlari uchun 200 million dollar to‘lashni va’da qilgan.
Shuningdek, kelishuv Pxenyanga kosmik texnologiyalarni o‘tkazish va Koreya yarim orolida harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda Rossiyadan ehtimoliy yordam ko‘rsatishni ham nazarda tutadi.