Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya Ukrainadagi urush uchun Afrikadagi odam yollashni kuchaytirdi

 Rossiya Ukrainadagi urush uchun Afrikadagi odam yollashni kuchaytirdi

Rossiya Ukrainadagi urush uchun Afrikadagi odam yollashni kuchaytirdi — Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi.

"Kreml Rossiya aholisini urushga safarbar qilishdan qochish uchun afrikalik askarlarni jalb qilmoqda", deyiladi Britaniya Mudofaa vazirligining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq Ukraina razvedkasi Rossiya Federasiyasi KXDR askarlaridan foydalanayotgani haqida bir necha bor xabar bergan edi. Prezident Volodimir Zelenskiy Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatida joylashgan shimoliy koreyalik askarlarning bir qismi allaqachon Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi janglarda qatnashayotganini va yo‘qotishlarga uchraganini ma’lum qilgan edi.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Kursk viloyatida 11 ming nafar Shimoliy Koreyalik askar bor. Janubiy Koreya rahbariyati ham bu ma’lumotlarni tasdiqlagan.

Kiritildi: 16:23 10.11.2024. O'qildi: 1240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!