Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Ukrainada «muqaddas urush» olib boryapti?

Rossiya Ukrainada «muqaddas urush» olib boryapti?

KXDR tashqi ishlar vaziri Rossiya Ukrainada “muqaddas urush” olib borayotganini aytdi.

“Maxsus harbiy operasiya boshidanoq hurmatli Kim Chen In biz hech kimga qaramay, Rossiya armiyasi va Rossiya xalqiga ularning muqaddas urushida doimiy va kuchli yordam berishimiz kerakligini tayinladi,” – dedi Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Soy Son Xi Sergey Lavrov bilan muzokaralarda.

Muzokaralar lavhasi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining YouTube kanalida e’lon qilindi.

Soy Son Xi “Rossiya armiyasi va xalqi o‘z davlatining suveren huquqlari va xavfsizligini himoya qilish bo‘yicha o‘zining muqaddas kurashida g‘alaba qozonishiga,” Shimoliy Koreya esa “g‘alaba kunigacha rossiyalik sheriklari bilan qat’iy turishiga” ishonch bildirdi.

Kiritildi: 23:40 01.11.2024. O'qildi: 1467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!