2 noyabrga o‘tar kechasi va shu kuni yertalab Ukraina poytaxti osmonida Rossiya armiyasining uchuvchisiz uchoqlari urib tushirildi, shundan so‘ng shaharning bir qancha hududlarida yong‘in boshlandi. Ukraina davlat favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra,Svyatoshinskiy tumanidagi 16 qavatli turar-joy binosining yuqori qavatlaridagi xonadonlar yonib ketgan va qisman vayron bo‘lgan.
Kiyev shahar harbiy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining qoldiqlari oltita tumanga – Solomenskiy, Svyatoshinskiy, Shevchenkovskiy, Goloseevskiy, Pecherskiy va Dneprovskiy tumanlariga tushgan. Buning oqibatida kelib chiqqan yong‘inlar o‘chirilgan.
Ayni paytda, 1 noyabr kuni Xarkov markazida rus qo‘shinlarining zarbasidan so‘ng jabrlanganlar soni 46 kishiga yetdi, – deya xabar bermoqda Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, raketa zarbasidan so‘ng ikki qavatli turar-joy binosi butunlay vayron bo‘lgan, ko‘p qavatli uylar, garajlar va avtomobillarga zarar yetgan.
Avvalroq, hujum ukrainalik polisiyachilar joylashtirilgan joyda sodir bo‘lgani, natijada polisiya polkovniki Andrey Matviyenko halok bo‘lgani, ko‘plab yaradorlar kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi.