Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreyadagi fuqarolarimiz qachon O‘zbekistonga olib kelinishi aytildi

Rossiya, Turkiya va Janubiy Koreyadagi fuqarolarimiz qachon O‘zbekistonga olib kelinishi aytildi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga muvofiq chet eldagi fuqarolarimizni charter reyslar orqali evakuasiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Charter reyslar grafigiga muvofiq 24-27 mart kunlari har kuni Rossiya Federasiyasining Moskva shahridan 1 tadan jami 4 ta reys (RF mahalliy vaqti bo‘yicha soat 17:00da), Turkiyaning Istanbul shahridan 24 hamda 27 mart kunlari 2 ta reys (Turkiya Respublikasining mahalliy vaqti bo‘yicha soat 23:00da) amalga oshiriladi. Shunigdek, Koreyaning Seul shahridan 29 mart kuni charter reys (vaqti aniqlanmoqda) amalga oshiriladi.  

Huddi shu kabi kelgusi haftada ham Rossiya  Federasiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Turkiyaning Istanbul, BAAning Dubay shaharlaridan fuqarolarimizni yurtimizga charter reyslari orqali evakuasiya qilish ishlari davom etmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, samolyot ekipaji a’zolari ham xavfsizlik nuqtai nazaridan, koronavirus inkubasiyasi davridan kelib chiqib, karantin ostida saqlanishini hamda maxsus komissiya tomonidan mazkur masalani imkon qadar qisqa muddat ichida bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligini inobatga olgan holda, chet elda bo‘lib turgan fuqarolarimiz tomonidan sabrli bo‘lishlari so‘raladi.

Charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelinadigan barcha fuqarolar maxsus komissiya talablariga muvofiq, maxsus tekshiruvlardan o‘tkaziladi va qat’iy ravishda respublikaning hududlarida karantin tadbirlari uchun tashkil etilgan sanatoriy va boshqa muassasalarda 14 kunlik karantinda nazoratda saqlanadi.

 

Kiritildi: 13:19 24.03.2020. O'qildi: 2814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!