Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Toshkentdagi maktabda bolani kaltaklagan o‘qituvchiga mamlakatga kirishni taqiqlamoqchi

Rossiya Toshkentdagi maktabda bolani kaltaklagan o‘qituvchiga mamlakatga kirishni taqiqlamoqchi

“Rossotrudnichestvo” rasmiylaridan Toshkentda maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchining Rossiyaga kirishini taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘raydi. Bu haqda agentlik rahbari Yevgeniy Primakov xabar berdi.

“Rossotrudnichestvo” vakolatli organlarga ushbu rusofob shaxsning Rossiyaga kirishini taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qiladi... Ushbu shaxs ham, uning yaqin qarindoshlari ham hech qachon Rossiyada ta’lim olmaydi, stajirovkalarda ishtirok etmaydi, o‘zi uchun hech qanday imkoniyatlarga ega bo‘lmaydi, deb yozdi u o‘zining Telegram kanalida.

Primakovning ta’kidlashicha, “Rossotrudnichestvo” maktab o‘quvchisini kaltaklashni qo‘llab-quvvatlovchi ushbu voqealardagi har qanday boshqa ishtirokchiga nisbatan, shu jumladan ta’lim muassasasi rahbariyatiga ham, agar ular bu holatni yashirsa yoki tegishli ma’muriy choralar ko‘rmasa, xuddi shunday chora-tadbirlarni qo‘llaydi.

Kiritildi: 09:45 27.09.2024. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!