Ukrainaning Nikopol shahrida Rossiya kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi va yetti kishi yaralandi.
Bu haqda Dnepropetrovsk viloyat harbiy ma’muriyati boshlig‘i Aleksandr Ganja ma’lum qildi.
"Nikopol tumanida (zarbalar natijasida) 31 yoshli erkak halok bo‘ldi. Uning oilasiga samimiy hamdardlik bildiraman. Yana yetti kishi jarohat oldi. 30 yoshli erkak o‘rtacha ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Qolganlari ambulatoriya sharoitida davolanmoqda", deb yozdi u.
Xabar qilinishicha, kun davomida Rossiya armiyasi hududga artilleriya va FPV-dronlari bilan hujum qilgan. Nikopol, Pokrovska, Marganes va Mirovska jamoalari zarar ko‘rgan.
Ikkita besh qavatli bino va yettita xususiy uy, avtomobillar, biznes va boshqa ob’ektlar ham vayron bo‘lgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli Kuchlari Sinelniki tumanidagi Malomixaylovsa jamoasiga dron bilan zarba bergan. Xususiy uyga zarar yetgan.