Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya TIV: Eron va AQSh o‘rtasidagi sulh Livanni ham qamrashi kerak

Rossiya TIV: Eron va AQSh o‘rtasidagi sulh Livanni ham qamrashi kerak

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Tehron va Vashington o‘rtasida e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi muhokama qilindi.

Report xabar berishicha, bu haqda Rossiya TIV bayonotiga tayanib TASS ma’lum qilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, Lavrov muzokaralar jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid bildirib, AQSh va Eron o‘rtasida ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi erishilganini olqishlagan.

O‘z navbatida, Abbos Aroqchi Fors ko‘rfazi atrofidagi vaziyat muhokamasi chog‘ida BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiyaning prinsipial pozisiyasi uchun Moskvaga minnatdorlik bildirgan.

Rossiya TIV ta’kidlashicha, Eron atrofidagi mojaro bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi Livanni ham qamrab olishi kerak.

Mutaxassislar fikricha, bu pozisiya mintaqadagi mojaroni kengayishining oldini olishga qaratilgan diplomatik signal sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 22:49 09.04.2026. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!