Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya safida urushgan 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiya safida urushgan 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilgan 66 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi qamoqdan ozodlikka chiqish umidi bilan urushda qatnashgan. BBC va «Mediazona» manbalariga ko‘ra, ular asosan «Vagner» guruhi orqali frontga yuborilgan.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush davomida Rossiya tomonda jang qilgan 118 000 dan ortiq harbiy halok bo‘lgan. Ular orasida 500 dan ziyod chet el fuqarosi bor.

Rossiya armiyasi safida jang qilgan xorijliklar 28 davlatdan ekani qayd etilmoqda. Eng ko‘p qurbonlar, katta ehtimol bilan, Shimoliy Koreya fuqarolari bo‘lgan.

Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari orasida Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari yetakchilik qilmoqda. Tojikistondan 72, O‘zbekistondan 66 kishi halok bo‘lgan. Ulardan ko‘pchiligi «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, frontga jo‘natilgan. 46 o‘zbekistonlik va 43 tojikistonlik qamoqdan ozodlikka chiqish shartida urushda ishtirok etgan.

Huquq faollarining ta’kidlashicha, Rossiya hukumati Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarni urushda qatnashishga majburlayotgan holatlar bor. Ularga Rossiya fuqaroligini tezlashtirilgan tartibda berish, kirish taqiqini olib tashlash kabi va’dalar berilgan. Ba’zi hollarda esa tahdidlar bilan majburlangan.

Rossiya armiyasi safida jang qilgan chet elliklar orasida Nepal (70 kishi), Gurjiston (63), hamda Shri-Lanka (16) fuqarolari ham bor. Afrika davlatlari — Efiopiya, Zambiya, Markaziy Afrika Respublikasi, Tanzaniya va Togodan ham harbiylar jalb etilgan.

Kiritildi: 17:20 14.07.2025. O'qildi: 1030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!