Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya “Rosneft”, “Gazprom neft” va “Lukoyl”ni birlashtirish rejasini ishlab chiqmoqda — The Wall Street Journal

Rossiya “Rosneft”, “Gazprom neft” va “Lukoyl”ni birlashtirish rejasini ishlab chiqmoqda — The Wall Street Journal

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha oy davomida ushbu kompaniyalar rahbarlari va hukumat amaldorlari o‘rtasida kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borilgan. Nashr manbalarining ta’kidlashicha, reja tafsilotlari o‘zgarishi mumkin, hatto birlashish umuman amalga oshmasligi ham mumkin.

Agar birlashuv ro‘y bersa, vujudga keladigan kompaniya jahonda Saudiya Arabistonining Aramco kompaniyasidan keyin ikkinchi yirik neft ishlab chiqaruvchisiga aylanadi, shuningdek, neft qazib olish hajmi Exxon Mobil'nikidan uch baravar yuqori bo‘ladi.

WSJ suhbatdoshlariga ko‘ra, birlashgan kompaniya G‘arb sanksiyalariga yaxshiroq qarshi tura oladi va neftni Hindiston hamda Xitoyga yuqoriroq narxlarda sotadi. Shuningdek, uning yordamida Putin urushni qo‘llab-quvvatlash uchun energetika sektorini safarbar qilishi va iqtisodiyot ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkin.

Kiritildi: 21:00 09.11.2024. O'qildi: 1339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!