Moldova prezidenti Mayya Sandu Rossiya raketasi mamlakat hududi ustidan uchib o‘tganini aytdi. Kiyev Ruminiya havo hududi ham buzilganini da’vo qilmoqda. Buxarest buni rad etdi.
25-dekabr, chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukrainani o‘qqa tutishi vaqtida raketalardan biri Moldova hududi ustidan uchib o‘tdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Mayya Sandu ma’lum qildi.
"Mamlakatlarimiz Rojdestvoni nishonlayotgan paytda Kreml vayronagarchilikni tanlamoqda - Ukrainaning energetika infratuzilmasiga hujum qilmoqda va Moldova havo hududini raketa bilan buzmoqda. Bu harakatlar xalqaro huquqni ochiqdan ochiq buzmoqda. Moldova bu xatti-harakatlarni qoralaydi va Ukraina bilan to‘liq birdam," - deb yozdi Sandu.
Ukraina TIV rahbari Andrey Sibixaning ma’lum qilishicha, Rossiya raketasi Ruminiya hududi ustidan ham uchib o‘tgan.
Buxarest havo hududi buzilganini tasdiqlamadi.