Rossiya xalqi rahm-shafqat, o‘zaro yordam va sabr tufayli koronavirus bilan bog‘liq sinovlarga dosh berdi, dedi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, xalqdagi bu qadriyatlarni Rossiya tarixi shakllantiradi. Va ularni fuqarolarning ko‘p qismi hamon qadrlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya asta-sekin koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni olib tashlamoqda. 9 iyundan boshlab Moskvada sartaroshxonalar, go‘zallik salonlari, fotostudiyalar, veterinariya va bandlik agentliklari ishga tushiriladi, qabristonlarni ziyorat qilish mumkin bo‘ladi. O‘zini-o‘zi izolyasiya qilish va uydan chiqish uchun ruxsatnoma rejimi bekor qilinadi.