Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya oltiniga nisbatan cheklov o‘rnatilishi mumkin

Rossiya oltiniga nisbatan cheklov o‘rnatilishi mumkin

Evropa Ittifoqi yetakchilarining 23-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitida, jumladan, Rossiya oltiniga nisbatan cheklov joriy etish masalasi ham muhokama qilinishi kutilmoqda.

"Reuters" xabarida anjuman doirasida, shuningdek, Skandinaviya va Sharqiy Yevropa davlatlari tomonidan navbatdagi sanksiya paketi e’lon qilinishi belgilangani, Daniya boshqa tarmoqlar qatori Rossiya oltini eksportiga nisbatan cheklovni uzaytirish tarafdori ekani keltiriladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, 2021 yil Rossiya 17,4 milliard dollarlik 302 tonnadan ziyod oltin eksport qilgan.

Qimmatbaho metal bozorining yirik vositachilari bo‘lgan Rossiyaning bir qator banklari sanksiya ostida qolgach, oltin qazib oluvchi kompaniyalar tashqi bozorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishga harakat qila boshladi. Hozir BAA, Turkiya, Xitoy va Qozog‘iston Rossiya oltiniga asosiy xaridor hisoblanadi.

Kiritildi: 10:38 22.06.2022. O'qildi: 1794 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!