Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

"Rossiya NATO bilan urushga intilmayapti..."

"Rossiya NATO bilan urushga intilmayapti..."

Bu haqda alyansning Yevropadagi kuchlari bosh qo‘mondoni, general Aleksus Grinkevich fikr bildirdi.

"Men razvedka ma’lumotlarini juda diqqat bilan kuzatib bordim. Rossiya nizoga intilayotgani yo‘q... Ular mudofaa alyansi atamasini va bizda bir qator asimmetrik ustunliklar mavjudligini tushunishadi.

Mening vazifam — Rossiya agar Boltiqbo‘yi mamlakatlarida biror narsa qilishga urinsa, bundan hech narsa chiqmasligini tushunib yetishini ta’minlashdir. Chunki muvaffaqiyatga erisha olmasliklarini bilishsa, ular tavakkal qilib o‘tirishmaydi", — dedi Grinkevich.

Bu haqda Financial Times nashri yozmoqda.

Gazetaning qayd etishicha, ushbu baho Boltiqbo‘yi mamlakatlarida AQSh harbiy ishtirokining qisqarishi alyansning tiyib turish kuchini zaiflashtirishi va Moskvaning rejalarini o‘zgartirishi mumkinligi haqidagi kuchayib borayotgan xavotirlarga ziddir.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda Yevropada Rossiyaning g‘arb davlatlariga — yaqin orada ham, taxminan 2030 yilga borib ham hujum qilishga tayyorligi haqida tez-tez bayonotlar berilmoqda.
Moskvada esa NATO'ga hujum qilish rejalari rad etilyapti va blok davlatlari shu yo‘l bilan o‘z aholisi oldida harbiy xarajatlarning oshishini oqlashga urinayotgani ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:21. O'qildi: 426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!