Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina bilan harbiy asirlar almashinuvining ikkinchi bosqichi amalga oshirilganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina bilan harbiy asirlar almashinuvining ikkinchi bosqichi amalga oshirilganini ma’lum qildi

"24 may kuni “1000 ga 1000” formulasi asosidagi almashinuvning ikkinchi bosqichida Rossiya va Ukraina tomonlarining har biri 307 kishidan iborat harbiy asirlarni almashdi", deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Birinchi bosqich doirasida, 23 may kuni tomonlar 270 nafar harbiy va 120 nafar fuqaroni o‘zaro almashgan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Istanbulda erishilgan kelishuvlar doirasida harbiy asirlarning keng ko‘lamli almashinuv jarayoni davom ettiriladi.

Kiritildi: 16:07 24.05.2025. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!