Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiya Meta’ni ekstremistik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi

Rossiya Meta’ni ekstremistik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi

Rossiya hukumati “Meta Platforms Inc” kompaniyasini ekstremistik tashkilotlar reestriga kiritdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, mamlakatda ekstremistik va nomaqbul xarakterga ega deb e’lon qilingan tashkilotlarning resurslari, shuningdek, bloklangan saytlar va manbalarda reklama joylashtirishni taqiqlovchi qonun loyihasi Davlat Dumasining qonunchilik faoliyati ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, bir guruh deputatlar va senatorlar, jumladan, Andrey Lugovoy, Aleksandr Xinshteyn va Andrey Klishas buni noqonuniy axborot resurslari reklamadan daromad olishda davom etayotgani, provokasion faoliyat va Rossiya manfaatlariga qarshi harakatlar olib borayotgani bilan izohlagan.

Ma’lumot uchun, 2024 yil mart oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat fuqarolari va kompaniyalariga “xorijiy agentlar” resurslarida – ularning veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlari, bloglari va boshqa platformalarida reklama joylashtirishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.

Rossiyada Facebook va Instagram’ga kirish 2022 yil martida, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan ko‘p o‘tmay bloklagan edi.

Kiritildi: 01:30 23.06.2024. O'qildi: 1375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!