Rossiya banki 2023 yil oktyabr oyida 1000 va 5000 rubl nominalidagi modernizasiya qilingan banknotlarni muomalaga kiritishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Rossiya Federasiyasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari Sergey Belov “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
“Oktyabr oyida taqdim etishni rejalashtirganmiz. Banknotalar zamonaviy – jahon trendlari ruhida”, — dedi Belov.
Rossiya Federasiyasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari 1000 va 5000 rubllik banknotalar yangilangan 100 rublga nisbatan ko‘proq himoya xususiyatlariga ega bo‘lishini ta’kidladi.
"Bu umumiy tamoyil - nominal qanchalik baland bo‘lsa, xavfsizlik kompleksi shunchalik murakkab", - dedi u.