Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya maksimal eskalasiyaga tayyorlanmoqda

Rossiya maksimal eskalasiyaga tayyorlanmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin shimol, janub va sharqdan keng ko‘lamli hujum uyushtirishga harakat qilishi mumkin. Bu haqda Sky News telekanaliga Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov ma’lum qildi.

"Rossiya maksimal darajada eskalasiyaga tayyorlanmoqda va bu yaqin ikki uch haftada sodir bo‘lishi mumkin, — deb ma’lumot berdi Danilov. – Ular barcha kuchlarni to‘plab mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda".

Danilovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina ham ehtimoliy eskalasiyaga qarshi tayyorgarlik boshlagan va kelgusi bir necha oy urushda hal qiluvchi davr bo‘ladi.

"Shu bilan birga, hozirda Ukraina harbiylari bir yil oldingiga qaraganda G‘arb hamkorlari, jumladan, Britaniya tomonidan ancha ko‘proq qo‘llab-quvvatlanmoqda", — deya qo‘shimcha qildi u.

Manba.

Kiritildi: 10:47 01.02.2023. O'qildi: 2956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!