Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya guruch eksportini taqiqladi

A A A
Rossiya guruch eksportini taqiqladi

Rossiyada guruch va guruch yormalari eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etilmoqda, cheklov 2023-yil 31-dekabrgacha amal qiladi, deyiladi Rossiya hukumati veb-saytida.

"Guruch va guruch yormalarini eksport qilishda bir qator istisnolar mavjud. Taqiq ushbu mahsulotlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar, shuningdek, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga yetkazib berishga nisbatan qo‘llanilmaydi", deyiladi farmonda.

Rossiya hukumati, "bundan tashqari, guruch va guruch yormalari insonparvarlik yordami uchun, shuningdek, xalqaro tranzit tashish uchun chet elga jo‘natilishi mumkinligini" qo‘shimcha qilib, bu qaror ichki bozorda barqarorlikni saqlash uchun qabul qilinganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 13:27 29.07.2023. O'qildi: 3308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik