Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Google’dan 784 000 ta kontentni olib tashlashni talab qildi

Rossiya Google’dan 784 000 ta kontentni olib tashlashni talab qildi

2024 yilga kelib Rossiya rasmiylari Google’dan o‘z platformalaridan 784 000 ta kontentni olib tashlashni talab qilishdi. Bu haqda 1 may, payshanba kuni jurnalistlari Google’ning shaffoflik hisobotini tahlil qilgan Verstka internet nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, yuqorida qayd etilgan ko‘rsatkich o‘tgan yil darajasidan 20 foizga yuqori va 2009 yilda tegishli statistik ma’lumotlar e’lon qilinganidan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Rossiya rasmiylari olib tashlashni talab qilayotgan kontent hajmi ketma-ket 14 yil davomida har yili ortib bormoqda, deya ta’kidlaydi mualliflar.

"Ukrainaga to‘liq miqyosda bostirib kirishdan keyingi uch yil ichida bunday kontent hajmi deyarli ikki baravar ko‘paydi – 2021 yilda Google’ga atigi 393,7 ming kontentni olib tashlash bo‘yicha so‘rovlar kelib tushgan”, — deyiladi nashrda.

Verstkaning aniqlik kiritishicha, Rossiya rasmiylari 2024 yilda olib tashlamoqchi bo‘lgan kontentning deyarli 95 foizi (741,7 ming birlik) Google qidiruv natijalaridagi havolalardir. Qolgan 5% (39,2 ming birlik) YouTube videoxosting saytida joylashtirilgan videolardir.

Kiritildi: 09:22 03.05.2025. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!