Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Finlyandiya bilan chegarani buzdi

A A A
Rossiya Finlyandiya bilan chegarani buzdi

Rossiya va Finlyandiya o‘rtasida joriy oyning 3-chegara buzilishi qayd etildi.

Bu haqda Finlyandiya chegara xizmati rasmiy sayti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya motorli qayig‘i Finlyandiya chegarasini kesib o‘tib, Pixayarvi ko‘liga kirib borgan va keyin yana qaytib ketgan.

Qayd etilishicha, bu oy boshidan beri Rossiya bilan chegaraning uchinchi buzilishidir. Rossiya va Finlyandiya o‘rtasidagi chegarani noqonuniy kesib o‘tish holatlari 11 va 14 iyul kunlari qayd etilgan.

2023 yil noyabrida Finlyandiya uchinchi davlatlardan kelayotgan muhojirlar oqimi bahonasida Rossiya bilan chegaradagi barcha o‘tish punktlarini yopgandi.

Kiritildi: 15:44 20.07.2024. O'qildi: 17867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!