Demokrat senator Richard Blyumental Kiyevga tashrifi davomida AQShning sanksiyalar paketidan tashqari, Ukrainaga ko‘proq radar qurilmalari, Patriot tizimlari, artilleriya va samolyotlar yetkazib berish orqali harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishi zarurligini ta’kidladi.
"Biz Putin nimani rejalashtirganini aniqlash uchun kutib o‘tirmaymiz. Biz Kongressda ilgarilab bormoqdamiz va umid qilamanki, bizning bu harakatimiz unga signal bo‘ladi. Ammo u bu xabarni qabul qiladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Menimcha, u AQShni juda past baholaydi, bizni zaif va qat’iyatsiz deb hisoblaydi hamda biz hech qachon fikrlarimizni jamlay olmasligimizga ishonadi", — deya ta’kidladi Blyumental.