Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya delegasiyasi Ukraina bilan muzokaralar olib borish uchun Istanbulga yo‘l olmoqda — Kreml

A A A
Rossiya delegasiyasi Ukraina bilan muzokaralar olib borish uchun Istanbulga yo‘l olmoqda — Kreml

"Rossiyaning muzokara bo‘yicha vakillari Istanbulga jo‘nab ketmoqda va 2 iyun kuni ertalabdan boshlab muzokaralarning ikkinchi bosqichiga tayyor bo‘ladi", – deya ma’lum qildi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.

Dmitriy Peskov, shuningdek, Rossiya urushga barham berish bo‘yicha memorandum loyihasini e’lon qilmasligini ta’kidladi.

"Albatta, hech narsa oshkor etilmaydi, buni e’lon qilish mumkin emas. Ikki tomonning memorandum loyihalari muzokaralarning ikkinchi bosqichida muhokama qilinishiga umid qilamiz. Rossiya delegasiyasi esa bunga 2 iyun, dushanba kuni ertalab Istanbulda tayyor bo‘ladi", – deya izoh beradi Peskov.

Kiritildi: 22:09 30.05.2025. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!