Bu haqda MI5 rahbari Ken Makkallum ma’lum qildi.
Buyuk Britaniya kontrrazvedkasi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hozir o‘z tarixidagi eng murakkab tahdidga duch kelmoqda.
"Rossiya razvedka xizmatlari o‘t qo‘yish, qo‘poruvchilik va boshqa turdagi harakatlar orqali Yevropa va Britaniyada tartibsizliklar yaratish bo‘yicha doimiy harakatlarni amalga oshirmoqda. Xavf Erondan ham kelmoqda, Mi5 2022 yildan buyon Eron ko‘magida tashkil etilgan 20 ta fitna fosh qildi. Eron va Rossiya turli usullardan, jumladan, uyushgan jinoyatchilikdan o‘z iflos ishlarini amalga oshirish uchun foydalanadi", — deya aniqlik kiritdi Makkallum.