RF tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova kecha jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentligi (MAGATE) Eronning yadroviy faoliyatini xolisona kuzatishi va G‘arb davlatlari bosimiga berilmaslik kerakligini ta’kidladi, deb yozmoqda “IRNA” axborot agentligi.
– Umid qilamizki, “MAGATE” o‘z texnik mandati doirasida, siyosiylashmay, G‘arbning bosimiga berilmasdan, monitoringning xolisligini ta’minlay oladi, – dedi u. – Biz buni agentlik va Eron o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlikning zarur kafolati deb bilamiz va uni mustahkamlashni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz.
Bu bayonot “MAGATE” bosh direktori Rafael Grossi Eron hech qanday dalil keltirmasdan yadroviy qurol ishlab chiqishi hech gap emas, degan da’vosidan keyin yangradi.