Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun Rossiya bilan “1000ga 1000” formulasi bo‘yicha harbiy asirlar almashinuvining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tganini va 307 nafar shaxs Ukrainaga qaytarilganini tasdiqladi.
"Turkiyada kelishilgan “1000 ga 1000” formatidagi almashinuvning ikkinchi kuni. Ushbu ikki kunda 697 nafar yurtdoshlarimizni qaytardik. Almashinuv ertaga davom etishini kutmoqdamiz. Bugun qaytganlar orasida armiyamiz askarlari, Davlat chegara xizmati va Ukraina Milliy gvardiyasi jangchilari bor", — deb yozadi prezident Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida.