Rossiya prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Moskva xorijiy hamkorlar bilan nodir yer metallarini, jumladan, Rossiya Federasiyasining yangi hududlarini o‘zlashtirishda hamkorlik qilishga tayyor;
◾️ Ukrainadagi nodir yer metallari resurslari hali ham baholashni talab qiladi;
◾️ AQSh va Ukraina o‘rtasida yer osti boyliklari bo‘yicha tayyorlanayotgan kelishuvning Rossiyaga umuman aloqasi yo‘q;
◾️ Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlari va butun jamiyat uchun zaharli shaxsga aylanib bormoqda;
◾️ Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar olib borishni taqiqlab, o‘zini boshi berk ko‘chaga tiqib qo‘ydi;
◾️ Zelenskiyning saylovlarda g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘q, agar ovoz berish jarayoni ochiqdan-ochiq soxtalashtirilmasa, bu nolga teng;
◾️ Moskva Ukraina davlatchiligini saqlab qolishga qarshi emas, biz uchun Ukraina hududidan Rossiyaga tahdid qilish uchun foydalanilmasligi muhim;
◾️ Zelenskiyning hokimiyatdan chetlatilishi ukrainaliklarning o‘z qo‘lida;
◾️ Tramp tomonidan olib borilayotgan yuqori tariflar siyosati qisqa muddatda natija berishi mumkin, ammo kelajakda muammolar yuzaga kelishi ehtimoli tufayli iqtisodiyot uchun xavfli hisoblanadi;
◾️ Rossiya Kiyev rejimining raqibi sifatida Zelenskiyning hokimiyat tepasida qolishidan manfaatdor bo‘lardi. Ammo davlatchilikning parchalanishi Ukraina manfaatlariga mos kelmaydi. Ukrainaga xalq ishonchiga asoslangan kuch kerak;
◾️ Si Jinpin menga “tinchlik muzokaralari bo‘yicha maxsus guruh” yaqin orada Nyu-Yorkda uchrashishi haqida xabar berdi;
◾️ Rossiya AQSh bozoriga 2 million tonna alyuminiy yetkazib berishga tayyor, bu narxlarni barqarorlashtiradi;
◾️ Trampning Rossiya va AQSh kompaniyalari Ukraina kelishuvi doirasida yirik iqtisodiy loyihalarni muhokama qilayotgani haqidagi so‘zlarini tasdiqlayman;
◾️ Rossiya va AQSh qurollarni 50 foizga qisqartirishga kelishib olishi mumkin, Xitoyning ham bu tashabbusga qo‘shilish ehtimoli bor;
◾️ Rossiya Federasiyasi va Qo‘shma Shtatlar Ukrainada imkon qadar tezroq tinchlikka erishmoqchi, ammo Zelenskiy bunga to‘sqinlik qilmoqda.