Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya 60 ming askaridan ayrilgani ma’lum bo‘ldi

Rossiya 60 ming askaridan ayrilgani ma’lum bo‘ldi

Rossiya armiyasi Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin uyushtirganidan buyon 60 ming askaridan ayrilgan, deyiladi “Mediazona” va “BBC rus xizmati»ning ochiq manbalar asosida volontyorlar ishtirokida olib borayotgan tadqiqotida.

26 iyul holatiga Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan 61 ming 9 nafar rossiyalik harbiylarning nomiga aniqlik kiritilgan. Ularning qariyb yarmi (48 foizi) urushgacha armiya bilan bog‘liq joyi bo‘lmagan. 28 foiz halok bo‘lgan askarlarning u yoki bu qo‘shinlarga tegishliligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan, chunki ularning nekrologlariga fuqarolik kiyimida tushgan suratlari ilova qilingan.

Jangovar yo‘qotishlarning 70 foizi urush boshlanganidan so‘ng armiyaga jalb qilinganlar bilan bog‘liq. Iyul oyining oxirlariga kelib, eng ko‘p halok bo‘lganlar soni Boshqirdiston Respublikasiga tegishli bo‘lib turibdi – 2300 kishi.

Aniqlashtirilgan halok bo‘lgan askarlarning 12 foizi – harbiy safarbarlik natijasida chaqirilganlar (7663 kishi), 15 foizi ko‘ngillilar (9532 kishi) va 12 mingdan ortiq halok bo‘lganlar sobiq mahbuslardir. Bosqin uyushtirilganidan buyon Rossiya Ukrainada 3725 nafar ofiserdan ajralgan. Ularning 444 nafari podpolkovnik va undan yuqori harbiy rutbaga ega.

Shu paytgacha urushda havo-desant qo‘shinlarining 2734 nafar, dengiz piyodalaridan 1012 nafar, GRU maxsus qo‘shinlaridan 500 nafar, harbiy uchuvchilardan 248 nafar, FSB va FSO xodimlaridan 86 nafari halok bo‘lgani aniqlangan.

Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin uyushtirilganidan buyon, garchi hokimiyat xizmatga endi jalb qilingan askarlarni urushga tashlamaslikni va’da qilganiga qaramasdan, 121 nafar chaqiriluvchi halok bo‘lgan. Rossiya 1426 nafar 20 yoshgacha bo‘lgan askaridan ayrilgan.

Kiritildi: 11:51 27.07.2024. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!