Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya 2022 yildan buyon ilk bor YEIga asosiy gaz yetkazib beruvchiga aylandi

Rossiya 2022 yildan buyon ilk bor YEIga asosiy gaz yetkazib beruvchiga aylandi

Evrostat ma’lumotlariga ko‘ra, sentyabr oyida Yevropa kompaniyalari Rossiyadan 1,4 mlrd yevroga gaz sotib oldi. Buning 40% suyultirilgan gaz, 60% esa tabiiy gazdir.

Ikkinchi o‘rinni Aljir (1,1 mlrd yevro), uchinchi o‘rinni esa AQSh (990,2 mln yevro) egalladi. Norvegiya to‘rtinchi o‘rinda, Britaniya esa beshinchi o‘ringa tushib qoldi.

Evropa Ittifoqi REPowerEU dasturiga ko‘ra, 2027–2028 yillargacha Rossiya gaziga bog‘liqlikni to‘liq tugatish rejalashtirilgan. Ammo hozircha bu amalda sezilmayapti.

Kiritildi: 17:22 21.11.2024. O'qildi: 1043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!