Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ronaldu va Messining taqdiri qanday kechadi?

Ronaldu va Messining taqdiri qanday kechadi?

Sanoqli kunlardan so‘ng futbolchi bo‘yicha har to‘rt yillikning nufuzli musobaqasi — jahon chempionati start oladi. Rossiya mezbonlik qiladigan mazkur turnir ko‘p tomonlama muhim ahamiyatga ega. Xususan, bu musobaqa “Oltin to‘p” taqdirini ham hal qilib berishi mumkin. Maqolamizda shu haqda fikr yuritamiz.

Shak-shubhasiz, 2017-2018 yilgi mavsumda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishda mundial katta ahamiyatga ega. Agar asosiy da’vogarlardan kimdir jahon chempionatida karomat ko‘rsata olsa, sovrin o‘shaniki, ammo...

Muhammad Saloh — 10 foiz

“Liverpul” yetakchisi Muhammad Salohning jahon chempionatida arzirli natijaga erishishiga hech kim ishonmasa kerak. Boisi, birgina misrlik futbolchining o‘yini Misr termasining mundialda o‘ziga xos portlash yuzaga keltirishi uchun yetarli bo‘lmasa kerak. Qolaversa, Misr termasida boshqa Saloh yo‘q. Aslida, guruhdan chiqishni o‘zi uchun yutuq deb bilgan, aslida ham shunday bo‘lgan termadan katta narsa kutish yaramaydi. Shu bois agar “Oltin to‘p” sovriniga jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan natija ta’sir qiladigan bo‘lsa, Saloh bu sovrindan umid uzsa ham bo‘ladi. Aytgancha, Allohning mo‘’jizasiga ishonganimiz va futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkinligini bilganimiz uchun 10 foiz ko‘rsatkichni qoldirdik.

Ronaldu — 40 foiz

Krishtianu Ronalduda vaziyat biroz boshqacharoq. UYEFA Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan va mazkur turnirda to‘purarga aylangan portugaliyalik futbolchining mundialdagi imkoniyati Salohnikidan yaxshiroq. Portugaliya uchun mundial ko‘zni qamashtiradigan turnir emas, portugallar jahon chempionatida o‘ynashga o‘rganishgan, qolaversa, ular amaldagi Yevropa chempionlari hisoblanishadi. Ronaldu jahon chepmionatida yaxshiroq yutuqqa erishishi mumkin, ammo Ispaniya, Argentina, Braziliya, Germaniya kabi terma jamoalar oldida Portugaliya har holda kuchsizroq ko‘rinishi tabiiy. Shuning uchun agar “Oltin to‘p” taqdiri mundialga bog‘liq bo‘lsa, Ronalduning bu sovrinni egallashi mushkulroq.

Messi — 60 foiz

Argentinalik futbolchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish uchun nisbatan yaxshiroq imkoniyatga ega. Boisi, argentinaliklar Portugaliyaga nisbatan kuchliroq tarkib hosil qilishgan. Termada Messining saviyasiga yaqin futbolchilar istagancha topiladi. Ammo Argentinaning himoyasiga havas qilib bo‘lmaydi. Aynan shuning uchun ham mutaxassislar Messining jahon chempioni bo‘lishiga unchalik ishonishmayapti. Biroq agar bosh murabbiy tarkib va taktikani to‘g‘ri tanlasa va Rossiyadagi mundial Messining turniriga aylansa, Argentina jahon chempioni bo‘lishi mumkin. Bunday holatda esa katta ehtimol bilan Leo navbatdagi “Oltin to‘p”ini qo‘lga kiritadi. Chunki u shu paytga qadar La Liga bosh sovrini, Ispaniya kubogi va chempionat to‘purarligi hamda “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritib ulgurdi.

Boshqa vaziyatda-chi...

Shuni ham ta’kidlash kerakki, agar mundialda Fransiya, Germaniya yoki Braziliya, umuman Argentina va Portugaliyadan boshqa jamoa chempion bo‘lsa, bu “Oltin to‘p”ga ta’sir o‘tkazmasa kerak. Har holda Braziliya chempion bo‘lgan taqdirda “Oltin to‘p”ning Neymarga berilishi yoki Fransiya g‘olib bo‘lganida Grizmann yoki Mbappening “Oltin to‘p”ga ega chiqishi biroz adolatsizlik, nazarimizda.

Xullas, vaziyatni kuzatamiz. Ko‘ramiz, “Oltin to‘p”ning navbatdagi sohibi kim bo‘larkin?

 

Kiritildi: 11:42 13.06.2018. O'qildi: 6558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!