Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ronaldu va Messi pandemiya davrida "Instagram" orqali qancha pul ishlab topdi? 

Ronaldu va Messi pandemiya davrida "Instagram" orqali qancha pul ishlab topdi? 

Koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga karantin vaqtida sportchilarning Instagram’da qancha daromad topgani ma’lum bo‘ldi, deya yozadi Daily Mail.

Ta’kidlanishicha, ushbu ijtimoiy tarmoq 12 martdan 14 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida uch futbolchi Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Neymarni sezilarli darajada boyitgan.

Ularning har biri ikki oy ichida homiy va hamkorlarning 4 tadan reklama postini o‘z sahifasida e’lon qilgan. 219 million obunachisi bo‘lgan Ronaldu bu orqali 2,1 million yevro foyda ko‘rgan bo‘lsa, Messi (151 million obunachi) 1,45 million yevro, Neymar esa (138 million obunachi) 1,33 million yevro daromad topgan. Shunday qilib, bitta reklama posti Ronalduga o‘rtacha 526 ming yevro, Messiga 363 ming yevro, Neymarga esa 333 yevro daromad keltirgan.

To‘rtinchi o‘rindan 2011 yilda faoliyatini yakunlagan afsonaviy basketbolchi Shakil O'nill joy egalladi. Dastlabki uchlikka qaraganda, uning obunachilari soni kamroq (17 million) va shunga mos ravishda bitta reklama postining narxi 40,8 ming yevro. Biroq Shakil ikki oy ichida 16 ta shunday post joylab, yaxshigina daromad orttirib olgan(653 ming yevro).

Shuningdek, top-10 talikdan Devid Bekhem (453 ming yevro), hindistonlik kriket ustasi Virat Kohli (424 ming yevro), Zlatan Ibragimovich (206 ming yevro), basketbolchi Dueyn Veyd (128 ming yevro), Dani Alves (120 ming yevro) va britaniyalik bokschi Entoni Joshua (109 ming yevro) joy oldi.

Ta’kidlash joizki, ulardan hech qaysi biri beshtadan ortiq reklama postlarini e’lon qilmagan.

Kiritildi: 11:45 05.06.2020. O'qildi: 3139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!