Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ronaldu ustidan ochilgan jinoyat ishi tugatildi

Ronaldu ustidan ochilgan jinoyat ishi tugatildi

Portugaliya milliy jamoasi va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ustidan AQSh fuqarosiga nisbatan jinsiy zo‘rlash jinoyatini sodir qilgani bo‘yicha ochilgan sud jarayoni to‘xtatildi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, o‘tgan oyda sudga tomonlarning bir-biriga hech qanday da’vosi yo‘qligi haqidagi xabarnoma kelib tushgan. Bunda tashabbusning qaysi tarafdan chiqqani yoki o‘zaro kelishuv asosida yarashib olingani haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil sentyabr oyida Ketrin Mayorga ismli ayol futbolchini jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan va voqeaning 2009 yil Las-Vegasda yuz berganini aytgan edi.

Kiritildi: 09:36 05.06.2019. O'qildi: 2278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!