Bugun 7 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu Yevroda penaltilar seriyasida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi

Ronaldu Yevroda penaltilar seriyasida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi

Krishtianu Ronaldu Yevrolar tarixida penaltilar seriyasida gol urgan eng keksa futbolchiga aylandi.

39 yoshu 147 kunlik bo‘lgan portugaliyalik hujumchi Sloveniyaga qarshi kechgan penaltilar seriyasida o‘z zarbasini golga aylantirdi. Portugaliyaliklar Yevro-2024 1/8 finalining asosiy va qo‘shimcha taymlarida golsiz durangdan so‘ng sloveniyaliklarni penaltilar seriyasida (3:0) mag‘lub etishdi.

Bu penalti Ronalduning ushbu uchrashuvdagi ikkinchisi bo‘ldi: 105-daqiqada portugaliyalik penaltini aniq amalga oshira olmadi - uning zarbasini darvozabon Yan Oblak qaytardi.

Kiritildi: 07:49 02.07.2024. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!