Portugaliya terma jamoasining yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda yangi post joylashtirdi. Futbolchi bugun, juma kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan qizi Yeva va o‘g‘li Mateoga o‘z dil izhorlarini yo‘lladi.
«Bugun ularning kuni. Dadangiz sizni juda yaxshi ko‘radi!» — deb yozdi Ronaldu egizaklarning suratlari ostiga.
Eva va Mateo 2017 yilning 5 iyunida surrogat ona orqali dunyoga kelishgan.
Hozirda 41 yoshli Krishtianu Ronaldu Jahon chempionatidagi ishtirokiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Portugaliya terma jamoasi mundialdagi ilk uchrashuvini chorshanba, 17 iyun kuni Kongo DR terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ma’lumki, bu yilgi turnir uchta davlat — AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.